Italiyalik jurnalist: «Allegri Italiya terma jamoasini boshqaradi»
18 MAY, 2026, 17:48
«Milan»dagi vaziyatdan yaxshi xabardor bo'lgan italiyalik jurnalist Ivan Dzadzaronining fikricha, klub ustozi Massimiliano Allegri jamoani tark etib, futbol bo'yicha Italiya terma jamoasini boshqarishga yo'l oladi.
«Maks Allegri mana etti yildirki hech narsa yutmayapti, lekin u Italiyada beshinchi-oltinchi o'rin darajasidagi klubni Chempionlar ligasiga olib chiqmoqda va Italiya milliy terma jamoasi ustoziga aylanishi mumkin. Men bunday syurprizlardan hayratlanmayman», — dedi Dzadzaroni pianetamilan.it saytiga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Allegri «Milan»ni atigi bir yil avval boshqarishga kirishgan edi. Bungacha u Turinning «Yuventus» klubini muvaffaqiyatli boshqargan — uning qo'l ostida klub Italiyada tengsiz bo'lgan.
