logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:04
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Neymar xato tufayli almashtirildi. U JCH qaydnomasiga kirish uchun kurashayotgandi

 18 MAY, 2026, 17:48

"Santos" va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar maydonni tark etmasligi kerakligi aniq bo'lganidan so'ng janjal ko'tardi.

Hakam murabbiyning almashtirish haqidagi so'rovini xato o'qib, yulduzni o'yinni tark etishga majbur qildi.

Hodisa Braziliya A Seriyasining "Koritiba"ga qarshi o'yinida sodir bo'ldi. Hisob 0:3 bo'lib turganida, zaxira hakami Neymarning raqami yozilgan tabloni ko'tardi va hujumchi o'zgartirildi.

Bir necha daqiqadan so'ng uni almashtirish kerak emasligi malum bo'ldi.

PSJning sobiq super yulduzi Braziliya terma jamoasining JCH uchun qaydnomasidan o'rin olishni istaydi, shu bois holatdan g'azab otiga mindi va almashtirish haqidagi yozuvni efir kamerasiga tutdi. Braziliyalik futbolchi qo'lini silkitib, aslida 31-raqamli futbolchi Gonsalo Eskobar o'zgartirilishi kerak bo'lganini ko'rsatdi. Biroq Neymar va "Santos"ning noroziligi hech qanday foyda bermadi. Hakam norozilik uchun Neymarga sariq kartochka berdi.


comhttps://backend.championat. ... 0.jpg alt="2.jpg" width="100%" align="center" class="fr-fic fr-dii">

SHuni takidlash kerakki, almashtirish vaqtida Neymar allaqachon maydondan tashqarisida edi, tibbiy yordam olayotgan edi.

O'yin "Koritiba"ning 0:3 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvdan so'ng norozi muxlislar hakamlar guruhiga gamburger ota boshladi va aybdorlar policiya ko'magida ichkariga kirib ketdi.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ