logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:47
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

RadioMARCA: «Barselona» Xulian Alvares transferini moliyalashtira olmaydi, futbolchi «PSJ» variantini ma'qul ko'rmoqda

 18 MAY, 2026, 17:18

«Atletiko Madrid» hujumchisi Xulian Alvares faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Radio MARCA nashri xabar bermoqda.

Manbaning ta'kidlashicha, Kataloniyaning «Barselona» klubi argentinalik forvardni sotib olish fikridan voz kechishga majbur bo'lmoqda. Bunga klubdagi moliyaviy cheklovlar va «Atletiko» tomonidan futbolchi uchun belgilangan yuqori transfer bahosi (120 million evro atrofidagi mablag') sabab bo'lgan. «Ko'k-anorranglilar» ayni damda bunday yirik bitimni amalga oshirish uchun etarli mablag'ga ega emas.

Shuningdek, xabarda aytilishicha, Xulian Alvaresning o'zi ham voqealar rivojining bunday tus olishidan xabardor va transfer bozorida jiddiy qiziqish bildirayotgan Parijning «PSJ» klubiga o'tishni afzal ko'rmoqda. Liga 1 grandi futbolchi uchun katta miqdorda mablag' sarflashga tayyor.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ