«Meni hech kim tinglamayapti» — Sarri ketishi mumkinligini tasdiqladi
18 MAY, 2026, 16:54
Mauritsio Sarrining «Latsio»dagi kelajagi so'roq ostida ekani haqida avvalroq xabar bergan edik — mutaxassis klubni tark etishi mumkin, unga boshqa jamoalar, jumladan, «Napoli» tomonidan qiziqish bor.
Yakshanba kuni Sarri jamoadan ketishi mumkinligini tasdiqladi.
«Bu yilgi vaziyat menga yoqmadi, mendan hech kim hech narsa haqida so'ramadi. Mavsumni yakunlaymiz va gaplashib olish uchun o'tiramiz, ko'ramiz, ular menga nima deyisharkin», — deya Sarrining so'zlaridan iqtibos keltiradi derbyderbyderby.it.
Eslatib o'tamiz, yakshanba kuni «Latsio» printsipial bahsda «Roma»dan ikkita to'p o'tkazib yuborib, mag'lubiyatga uchradi. Hozirda «burgutlar» Italiya A Seriyasi turnir jadvalida sakkizinchi o'rinda borishmoqda.

