logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:13
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Liverpul» Bredli Barkolyani sotib olishni rejalashtirmoqda

 18 MAY, 2026, 16:06

«Liverpul» «Pari Sen-Jermen»ning 23 yoshli vingeri Bredli Barkolyani o'z safiga qo'shib olmoqchi. Bu haqda Le10Sport jurnalisti Aleksis Bernard X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.

«Qizillar» hujumning chap qanoti uchun kuchli futbolchi qidirishmoqda. Klubning fikricha, Barkolya Evropadagi eng qiziqarli yosh futbolchilardan biri hisoblanadi.

Avvalroq inglizlar frantsiyalik futbolchiga da'vogarlik qilishgan, biroq o'shanda ish transfergacha etib bormagan edi. Manbaning so'zlariga ko'ra, hozirda Barkola o'tgan yozga qaraganda ko'proq jamoasini o'zgartirishga moyil bo'lib turibdi.

Transfermarkt portali o'yinchining bozor qiymatini 70 million evroga baholamoqda. Joriy mavsumda Barkolya barcha musobaqalarda 48 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ