La Liganing faqat 5 ta klubi keyingi mavsum uchun murabbiyni o'zgartirishni rejalashtirmayapti
18 MAY, 2026, 15:54
Ispaniya chempionati yakunlanishiga 2 tur qolganida La Liganing faqatgina 5 ta klubi o'z bosh murabbiylarini almashtirish niyatida emas. Qolgan jamoalar yo allaqachon iste'foga tayyorgarlik ko'rmoqda yoki yakuniy qarorni musobaqa tugagunga qadar qoldirgan.
Marca nashrining qayd etishicha, kelajagi shubha tug'dirmayotgan mutaxassislar qatoriga Xans-Diter Flik («Barselona»), Diego Simeone («Atletiko»), Manuel Pellegrini («Betis»), Klaudio Xiraldes («Selta») va Pellegrino Mataratstso («Real Sosedad») kiradi.
Mavsumlar oralig'idagi asosiy yangiliklardan biri Ernesto Valverdening «Atletik»dan ketishi bo'ladi. Klub boshqaruvida 500 dan ortiq o'yin o'tkazgan mutaxassisning o'rnini Dortmundning «Borussiya» klubi sobiq murabbiyi Edin Terzich egallaydi.
Shuningdek, «Vilyarreal»da ham o'zgarishlar kutilmoqda — muvaffaqiyatli davrdan so'ng jamoani Marselino tark etadi. Uning ehtimoliy vorisi sifatida Inigo Peres nomi tilga olinmoqda.
Madridning «Real» klubidagi vaziyat alohida e'tibor markazida. Ispaniya OAVlari xabariga ko'ra, muqaddam jamoa bilan ishlagan Joze Mourino bosh murabbiylikka asosiy nomzod hisoblanmoqda.
