logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Bogdan Guskov Xamzat CHimaevga qarshi yarim og'ir vazndagi ehtimoliy jangi haqida gapirdi

 18 MAY, 2026, 15:48

O'zbekistonlik UFC jangchisi, yarim og'ir vazn toifasidagi reytingning o'ninchi pog'onasini egallab turgan Bogdan Guskov o'rta vazn sobiq chempioni Xamzat CHimaevga qarshi jangga munosabat bildirdi.

Avvalroq, CHimaevning tez orada yarim og'ir vazn toifasiga ko'tarilishi haqida xabar berilgandi.

"Nega rad etishim kerak? Xamzat — tarixdagi eng yirik nomlardan biri. Xamzat CHimaev bilan oktogonda to'qnash kelish men uchun ajoyib imkoniyat bo'lardi. Reytingda mendan yuqori pog'onani egallab turgan jangchilarga qarshi chiqish men uchun doim qiziq bo'lgan. Bunday imkoniyatdan voz kechadigan darajada ahmoq emasman. Faoliyatimda o'sishga va oldinga qadam tashlashga yordam beradigan har qanday chorlovga hamisha tayyorman", deydi Guskov.

Bogdanning keyingi jangi iyul yoki avgust oyida bo'lib o'tishi kutilmoqda.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ