logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Abduqodir Husanov Angliya Kubogi mavsum ramziy terma jamoasiga kiritildi

 18 MAY, 2026, 15:48

O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov SofaScoreportali tomonidan Angliya Kubogining ramziy terma jamoasiga kiritildi. Mavsum davomida barqaror o'yin namoyish etgan Husanovning harakatlari portal tomonidan 7,32 ballga baholangan.

Shu bilan birga, ramziy terma jamoaning asosiy qismini “Manchester Siti” va “Chelsi” klublari futbolchilari tashkil etdi. Mavsumning eng yuqori balini esa “Chelsi” himoyachisi Tosin Adarabioyo (7,74) hamda “Lids” darvozaboni Lukas Perri (7,73) qo'lga kiritdi.

Darvozabon: Lukas Perri (“Lids”)

Himoyachilar: Mark Gehi (“Manchester Siti”), Tosin Adarabioyo (“Chelsi”), Abduqodir Husanov (“Manchester Siti”)

Yarim himoyachilar: Andrey Santos (“Chelsi”), Niko Gonsales (“Manchester Siti”), Jeremi Doku (“Manchester Siti”), Enso Fernandesh (“Chelsi”), Pedro Netu (“Chelsi”), Antuan Semenyo (“Manchester Siti”)

Hujumchi: Erling Holand (“Manchester Siti”)

​Ma'lumot uchun, Angliya Kubogining yakunlangan mavsumida “Manchester Siti” chempionlikni qo'lga kiritdi. Pep Gvardiola shogirdlari hal qiluvchi final bahsida “Chelsi”ni 1:0 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuvdagi yagona golga 72-daqiqada Antuan Semeno mualliflik qildi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ