Mourino «Real» uchun ilk yangi futbolchini tanladi
18 MAY, 2026, 15:12
«Real»ning bo'lajak bosh murabbiyi Joze Mourino hozirdanoq tarkibni kuchaytirish masalasini faol muhokama qilmoqda. Portugaliyalik mutaxassis «qaymoqranglilar» uchun birinchi potentsial yangi a'zoni tanlab oldi.
Ma'lum bo'lishicha, Mourino Madridga kelganidan so'ng asosiy e'tiborni himoya chizig'ini mustahkamlashga qaratmoqchi. Joze sotib olmoqchi bo'lgan ilk futbolchi «Manchester Siti» himoyachisi Yoshko Gvardiol hisoblanadi.
Xorvatiyalik futbolchining «shaharliklar» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Shu sababli, «Real» Yoshkoning transfer narxi masalasida chegirmalar kutmasa ham bo'ladi.
