logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:05
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Ayntraxt» Albert Rieraning iste'foga chiqarilganini e'lon qildi

 18 MAY, 2026, 15:00

Frankfurtning «Ayntraxt» klubi Albert Rierani bosh murabbiy lavozimidan bo'shatganini e'lon qildi. Ispaniyalik mutaxassis bilan birga uning yordamchilari ham jamoani tark etmoqda.

«Kelajakdagi shaxsiy va kasbiy hayotida barcha ezgu tilaklarni tilab qolamiz!» — deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

Ispaniyalik mutaxassis klub boshqaruviga 2026 yilning yanvar oyida kelgan edi. Ayni damda Frankfurt jamoasi Germaniya chempionati turnir jadvalida 32 turdan so'ng 43 ochko jamg'arib, 8-o'rinni egallab turibdi. «Ayntraxt» evrokuboklar hududidan 15 ochko orqada qolmoqda.

Ma'lumot uchun, Albert Riera bundan avval Sloveniyaning «Tsele» jamoasini boshqargan va klubni Konferentsiyalar ligasi pley-off bosqichiga olib chiqqan edi. Avvalroq unga Moskvaning «Spartak» klubi qiziqish bildirgan, biroq o'shanda «qizil-oqlar» boshqaruviga Xuan Karlos Karsedo kelgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ