Glasner: «Arsenal»ga qarshi eng kuchli tarkibni tushiraman»
18 MAY, 2026, 14:48
«Kristal Pelas» bosh murabbiyi Oliver Glasner bo'lajak «Arsenal»ga qarshi o'yinda rotatsiya o'tkazish-o'tkazmasligi haqida to'xtalib o'tdi.
«Men «Arsenal»ga qarshi eng kuchli tarkibni maydonga tushiraman. Biz buni «Siti» yoki boshqa birov uchun emas, o'zimiz uchun qilyapmiz. Biz buni «Kristal Pelas» va muxlislarimiz uchun qilamiz», — deya Glasnerning so'zlaridan iqtibos keltiradi Match of the Day.
Angliya chempionatining joriy mavsumidagi so'nggi uchrashuvni «Kristal Pelas» 24 may kuni «Arsenal»ga qarshi o'tkazadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.
Qo'shimcha qilish joizki, 27 may kuni «burgutlar» Konferentsiyalar ligasi finalida «Rayo Valekano» bilan bahs olib boradi.

