logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:20
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Pedri Adidas bilan ko'p yillik va o'ta serdaromad shartnoma imzoladi

 18 MAY, 2026, 13:06

Kataloniyaning «Barselona» klubi futbolchisi Pedri Adidas kompaniyasi bilan yangi, o'ta serdaromad shartnoma imzoladi. Kelishuv to'rt yilga — 2030 yilga qadar mo'ljallangan. To'g'ri, shartnoma qiymati oshkor etilmayapti, biroq Pedrining millionlab daromad olishiga shubha yo'q.

Chunki «Barsa» futbolchisi yaqindagina Germaniya terma jamoasidek mijozidan ayrilgan sport kiyimlari ishlab chiqaruvchi nemis gigantining keyingi reklama kampaniyalarida asosiy yuzlardan biriga aylanadi.

Aytgancha, «Barselona»ning Nike bilan amaldagi reklama shartnomasi va futbolchilarning shaxsiy kelishuvlari o'zaro qanday muvofiqlashtirilishi to'liq tushunarli emas, biroq, aftidan, bir vaqtning o'zida ikkita yirik brenddan baravar foyda ko'rish yo'llari allaqachon o'ylab topilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ