Luis Enrike: «Bu «PSJ»dagi uch yillik faoliyatimdagi eng yomon o'yin bo'ldi»
18 MAY, 2026, 13:00
«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike Frantsiya chempionatining 34-turida «Parij» klubidan qabul qilingan mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi. Uchrashuv 1:2 hisobida yakunlandi.
«Bugungi o'yindan hech qanday ijobiy jihatni topa olmadim. Shubhasiz, bu men bu erda o'tkazgan uch yil ichidagi eng yomon o'yin bo'ldi, qoniqqanim yo'q. Usman Dembele kichik muammoga duch keldi (jarohat oldi), umid qilamanki, bu jiddiy emas», — deya Enrikening so'zlarini keltirmoqda L1+.
«PSJ» 2025/26 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra Frantsiya chempioniga aylandi. Parijliklar 34 ta uchrashuvda 76 ochko jamg'arishdi. Eng yaqin ta'qibchi bilan oradagi farq 6 ochkoni tashkil etdi.
30 may kuni «PSJ» Chempionlar ligasi finalida «Arsenal»ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv starti Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da rejalashtirilgan.
