logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Arbeloa Mbappe va Vinisius dueti haqida: «Dunyoning barcha klublari ularni o'z safida ko'rishni orzu qiladi»

 18 MAY, 2026, 12:48

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa jamoaning yulduzli hujumkor dueti haqidagi savolga javob berdi. Yakshanba kuni La Liga doirasida «Sevilya»ga qarshi kechgan uchrashuvda Kilian Mbappe va Vinisius Junior «qaymoqranglilar»ning hujum chizig'ida o'zaro bog'lam hosil qilishdi. Braziliyalik futbolchi 15-daqiqada gol urib, mehmonlarga minimal hisobdagi g'alabani taqdim etdi.

«Mbappe va Vinisius bizning safimizda to'p surayotganidan juda xursandmiz. Dunyoning istalgan klubi ularni o'z tarkibida ko'rishni istagan bo'lardi», — dedi matbuot anjumanida Arbeloa.

Mbappe so'nggi tur oldidan La Liga to'purarlar poygasida 24 ta gol bilan peshqadamlik qilmoqda, Vinisius esa «Barselona» a'zolari Lamin Yamal va Ferran Torres bilan bir qatorda ro'yxatda to'rtinchi o'rinni egallab turibdi (ularning har birida 16 tadan gol mavjud).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ