logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:01
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Del Pero JCh-2026 oldidan jahon futbolidagi eng iqtidorli yosh o'yinchilarni nomladi

 18 MAY, 2026, 12:36

Italiyalik sobiq hujumchi, 2006 yilgi Jahon chempioni Alessandro Del Pero bo'lajak Jahon chempionati ishtirokchilari orasida ayni damda kimlarni eng istiqbolli futbolchilar deb hisoblashi haqidagi savolga javob berdi.

«Arda Gyuler, Niko Pas va Rayan Sherki — shubhasiz, eng porloq va istiqbolli uchta iqtidordir. Shuningdek, Turkiyadan Kenan Yildizni ham aytib o'tgan bo'lardim. Umuman olganda, istalgan milliy terma jamoa tarkibidan o'ziga xos va yaxshi futbolchilarni topish mumkin deb hisoblayman», — deya Del Peroning so'zlarini keltirmoqda derbyderbyderby.it nashri.

Eslatib o'tamiz, Jahon chempionati o'n birinchi iyun kuni start oladi. Jahon futbolidagi bosh sovrinning amaldagi sohibi Argentina terma jamoasi hisoblanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ