Isko Chempionlar ligasida mutlaq rekord o'rnatishi mumkin
18 MAY, 2026, 12:36
Ispaniyaning «Betis» klubi yakshanba oqshomida Kataloniyaning «Barselona»sidan mag'lubiyatga uchraganiga qaramay, keyingi mavsumda Chempionlar ligasida qatnashish yo'llanmasini qo'lga kiritdi. «Betis» o'z tarixida ikkinchi bor ushbu turnirda ishtirok etadi, jamoa ilk bor 2005/2006 yilgi mavsumda EChLda debyut qilgan edi.
Agar Isko klubda yana bir mavsum qolsa, u Evropa futbolining eng nufuzli klublik turniriga qaytishi mumkin. Shuningdek, u Chempionlar ligasi tarixida bir yo'la beshta har xil klub safida maydonga tushgan ilk futbolchiga aylanishi kutilmoqda.
Bungacha Isko ushbu turnirda «Malaga», «Valensiya», «Sevilya» va Madridning «Real» klublari sharafini himoya qilgan. Qizig'i, bu beshta klubning barchasi Ispaniya vakillaridir.
