logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:01
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Messi o'zi egalik qiladigan klubi uchun yirik homiy topdi: «Kornelya» Ispaniyada mashhurlik bo'yicha 5-o'ringa chiqdi

 18 MAY, 2026, 12:30

Bundan bir oy oldin Lionel Messi futbol klubi xo'jayiniga aylanishga qaror qilgani va Ispaniya futbolining to'rtinchi kuchli ligasida ishtirok etuvchi «Kornelya» jamoasini sotib olgani haqida xabar bergan edik.

Endilikda uning klub yangi egasi sifatidagi ilk muvaffaqiyati ham ma'lum bo'ldi — Messi jamoa uchun yangi moliyaviy homiy topdi. Bu Ispaniya moliyaviy xizmatlar bozorining yirik ishtirokchisi hisoblangan MyInvestor bankidir.

Qizig'i shundaki, Messi ushbu klubni sotib olgan vaqtdan boshlab, qidiruv tizimlaridagi so'rovlar soniga ko'ra «Kornelya» Ispaniyada mashhurlik bo'yicha beshinchi jamoaga aylandi. Eslatib o'tamiz, Messi klubning yagona xo'jayini hisoblanadi — u «Kornelya» aktsiyalarining 100 foizini sotib olgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ