logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Desham Mbappening terma jamoadagi holatiga to'xtaldi

 18 MAY, 2026, 10:54

Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham 2026 yilgi Jahon chempionati arafasida Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappening holati haqidagi so'nggi yangiliklar bilan o'rtoqlashdi.

Eslatib o'tamiz, Mbappe jarohatidan so'ng tiklanish jarayonini o'tamoqda, matbuotda esa uning «Real» futbolchilari va birinchi navbatda — Vinisius bilan bo'layotgan mojarosi faol muhokama qilinmoqda.

«Yaqinda u bilan telefonda gaplashdim. U o'zini yaxshi his qilmoqda, sog'ayib ketdi, xavotir olmang», — deya mutaxassisning so'zlarini keltirmoqda Le10sport.com nashri.

2025/2026 yilgi mavsumda Mbappe 43 ta uchrashuvda maydonga tushib, 41 ta gol urdi va ettita golli uzatmani amalga oshirdi. Shunga qaramay, «Real» birorta ham sovrin qo'lga kirita olmadi.

Mbappe Frantsiya terma jamoasining Jahon chempionati uchun qaydnomasidan joy olgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ