logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:13
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Markinos «PSJ»ning derbidagi mag'lubiyati sababini aytdi va EChL finali haqida gapirdi

 18 MAY, 2026, 10:48

«PSJ» Liga 1 ning so'nggi turi doirasida bo'lib o'tgan uchrashuvda «Parij» klubiga imkoniyatni boy berdi (1:2). Luis Enrike shogirdlari 50-daqiqada hisobni ochishgan edi, biroq qolgan vaqt ichida o'z darvozalaridan ikkita to'p o'tkazib yuborib, derbida mag'lubiyatga uchrashdi.

«Biz o'z darajamizni ko'rsata olmadik — ayniqsa, bor kuchni berib o'ynash borasida. Birinchi bo'limda umuman vaziyat yarata olganimiz yo'q. Pozitiv kayfiyatni saqlab qolishimiz kerak, chunki oldinda bizni eng asosiy bahs — Chempionlar ligasi finali kutmoqda. Bizga qarshi doimo o'ynash qiyin bo'lgan kuchli raqib to'p surdi. Finalga tayyorgarlik odatiy rejimda davom etadi. Vaziyatdan zavq ola bilish lozim», — dedi o'yindan keyingi intervyusida «PSJ» sardori Markinos.

Chempionlar ligasining hal qiluvchi o'yinida Parij grandi «Arsenal» bilan to'qna keladi — uchrashuv 30 may kuni bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ