logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:57
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Jarohat olgan Dembelening ahvoli ma'lum bo'ldi

 18 MAY, 2026, 10:36

«PSJ» hujumchisi Usmon Dembele Liga 1 ning so'nggi turi doirasida «Parij» klubiga qarshi kechgan o'yinda jarohat oldi. 29 yoshli futbolchi derbining 27-daqiqasidayoq maydonni tark etishga majbur bo'ldi — uning o'rnini Gonsalu Ramush egalladi. Uchrashuv Luis Enrike shogirdlarining 1:2 hisobidagi mag'lubiyati bilan yakunlandi.

Londonning «Arsenal» klubiga qarshi kechadigan Chempionlar ligasi finaliga ikki haftadan kam vaqt qolayotgani sababli, Dembelening jarohati jiddiy xavotir uyg'otdi. Biroq Canal+ nashrining xabariga ko'ra, forvard uchun qayg'urishga hech qanday asos yo'q: bosh murabbiy uni zaxiraga olib, shunchaki tavakkal qilmaslikni lozim topgan. «Oltin to'p» sohibining «kanonirlar»ga qarshi hal qiluvchi bahsda maydonga tushishiga hech narsa tahdid solmayapti.

Chempionlar ligasi g'olibi 30 may kuni aniqlanadi. Ushbu uchrashuv Budapeshtda bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ