logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:06
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Hakam nimaga asoslanganini bilmayman»: Flik «Betis» bilan o'yindagi bahsli penalti haqida gapirdi

 18 MAY, 2026, 10:36

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik «Betis»ga qarshi o'yinda jamoasi darvozasiga belgilangan penalti haqida gapirdi. Uchrashuv Kataloniya grandining 3:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. O'yinning 68-daqiqasida mehmonlar o'zlarining yagona golini urishdi — o'n bir metrlik jarima zarbasini Isko aniq amalga oshirdi.

«O'sha vaziyatda hakam nimaga asoslanib penalti belgilaganini bilmayman. Men undan bu borada tushuntirish olishni istardim. Mening nazarimda, u erda penaltining hatto ishorasi ham yo'q edi, lekin baribir belgilandi. Nima bo'lgan taqdirda ham, buning endi ahamiyati yo'q», — deya Ispaniya OAVlari Flikning so'zlarini keltirmoqda.

«Barselona» so'nggi tur oldidan 94 ochko jamg'argan holda La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda va Madridning «Real» klubini 11 ochkoga ortda qoldirmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ