logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:01
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

JCh-2026 oldidan superforma: Messi may oyidagi 4 ta o'yinda 10 ta golli harakatni amalga oshirdi

 18 MAY, 2026, 09:36

«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi yana bir bor ajoyib sermahsullik namoyish etmoqda. 38 yoshli futbolchi «Portlend Timbers»ga qarshi kechgan va 2:0 hisobidagi g'alaba bilan yakunlangan uchrashuvda gol urdi hamda golli uzatmani amalga oshirdi.

Umumiy hisobda argentinalik yulduz may oyidagi to'rtta o'yinda «gol+pas» tizimi bo'yicha o'nta ochko jamg'arishga ulgurdi — beshta gol va shuncha golli uzatma. Bundan avval forvard «Orlando Siti»ga qarshi bahsda 1+1, «Toronto» bilan o'yinda 1+2 va «Tsintsinnati»ga qarshi uchrashuvda 2+1 ko'rsatkichini qayd etgan edi.

Joriy yilning 17 iyun kunida Argentina terma jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichi doirasidagi ilk o'yinini o'tkazadi — o'shanda Avstriya raqiblik qiladi. Shundan so'ng «albiseleste»ni Jazoir (22.06) va Iordaniya (28.06) terma jamoalariga qarshi bahslar kutmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ