logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:58
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Muhammad Saloh qaysi holatda «Liverpul»dan ketmasligi ma'lum bo'ldi

 18 MAY, 2026, 09:24

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh klubni tark etish haqidagi qarorini qayta ko'rib chiqishi mumkin edi. Mart oyi oxirida misrlik futbolchi mavsum yakunida klubdan ketishini e'lon qilgandi.

Jurnalist Saymon Xyuzning Muhammadning atrofidagi insonlarga tayanib xabar berishicha, 33 yoshli forvard bosh murabbiy Arne Slot va rahbariyat iste'foga chiqarilgan taqdirda klubda qolishga tayyor bo'lardi. Biroq bunday voqealar rivojining ehtimoli deyarli yo'q. Salohning shartnomasi 2027 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan, ammo «qizillar» kelayotgan yozda uning erkin agent sifatida ketishiga ruxsat berishadi.

Joriy mavsumda futbolchi 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 12 ta gol va 9 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi. U 2017 yildan buyon mersisaydliklar sharafini himoya qilib kelmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ