logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:25
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Vinisius La Liga joriy mavsumidagi 16-golini urdi

 17 MAY, 2026, 23:18

"Real" vingeri Vinisius Junior La Liganing 37-turidan o'rin olgan "Sevilya"ga qarshi o'yinda hisobni ochdi.

Braziliyalik futbolchi uchrashuvning 15-daqiqasida Kilian Mbappening ko'kragi bilan etkazib bergan uzatmasidan so'ng raqib darvozasini ishg'ol qildi (1:0, ikkinchi bo'lim ketmoqda).

Bungacha Vinisius ketma-ket 2 ta o'yinda gol ura olmagan edi, ushbu quruq seriyadan avval esa u 3 may kuni "Espanol"ga qarshi kechgan bahsda (2:0) dubl qayd etgandi.

Umumiy hisobda vinger La Liganing joriy mavsumidagi 35 ta uchrashuvda 16 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ