logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:35
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

O'zbekiston U-20 terma jamoasi Tojikistonni mag'lub etib, muddatidan avval «CAFA U-20 Championship» g'olibiga aylandi

 17 MAY, 2026, 22:48

Jamoliddin Rahmatullaev boshchiligidagi O'zbekiston U-20 terma jamoasi “CAFA U-20 Championship” musobaqasidagi navbatdagi uchrashuvda Tojikistonni yirik hisobda mag'lub etdi.

Uchrashuvning birinchi bo'limida har ikki jamoa ehtiyotkor o'yin namoyish etdi. Tanaffusdan keyin esa o'zbekistonlik futbolchilar tashabbusni to'liq o'z qo'liga oldi. 51-daqiqada Abraev penaltidan hisobni ochdi.

Bahsning so'nggi daqiqalarida O'zbekiston terma jamoasi ustunligini yanada mustahkamladi. Avvaliga To'lqinbekov 90+2-daqiqada penaltidan aniq zarba yo'llab, hisobni 2:0 ko'rinishiga olib keldi. Oradan ko'p o'tmay, Abraev o'zining ikkinchi golini urib, uchrashuvga nuqta qo'ydi.

Shu tariqa, O'zbekiston U-20 terma jamoasi musobaqadagi uchinchi g'alabasini qo'lga kiritdi va 4-tur bahsi natijasidan qat'i nazar turnir g'olibiga aylandi. Boisi, ayni paytda 6 ochko bilan 2-o'rinni egallab turgan Tojikiston o'zaro o'yin natijasiga ko'ra yoshlarimizdan o'tib keta olmaydi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-20 terma jamoasi turnirdagi so'nggi bahsini 19 may kuni Turkmaniston U-20 jamoasiga qarshi o'tkazadi.

CAFA U-20 Championship, 4-tur
O'zbekiston U-20 — Tojikiston U-20 3:0
Gollar: Abraev 51 (penalti), 90+6, To'lqinbekov 90+2 (penalti).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ