«Real» «Atletiko»ga o'tishga yaqin turgan yarim himoyachini ilib ketmoqchi
17 MAY, 2026, 21:00
Joze Mourino «Real Madrid» bosh murabbiyligiga tayinlanishga yaqin turibdi.
Jurnalist Migel Serrano bergan ma'lumotlarga ko'ra, portugaliyalik mutaxassis «qaymoqranglilar» rahbariyatidan «Vulverxempton» yarim himoyachisi Joao Gomeshni sotib olishni so'ragan. Braziliyalik futbolchi «Atletiko Madrid»ga o'tishga yaqin turgan edi, biroq «Real» xavbekni ilib ketishga harakat qilmoqda.
Joriy mavsumda Joao Gomesh «Vulverxempton» safida 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
