logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Emeri Evropa ligasidagi 4 ta g'alabasi haqida: "Bu turnir men uchun ko'p narsani anglatadi"

 17 MAY, 2026, 20:36

«Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri Evropa ligasidagi g'alabalari haqida gapirdi.

Ispaniyalik mutaxassis faoliyati davomida 4 bor Evropa ligasi bosh sovrinini qo'lga kiritgan — uch marta «Sevilya» va bir marta «Vilyarreal» bilan. Chorshanba kuni «Aston Villa» musobaqaning joriy mavsumdagi finalida «Frayburg»ga qarshi maydonga tushadi. Bu Emeri uchun Evropa ligasi faoliyatidagi oltinchi final bo'ladi.

— Evropa ligasi bilan munosabatlaringiz qanday?

— Bu turnir men uchun juda katta ahamiyatga ega. Eng avvalo, Evropa futboliga va ayniqsa, men mehnat qilgan klublarga bo'lgan minnatdorchilik tuyg'usi tufayli. «Valensiya» bilan men hali UEFA Kubogi deb ataladigan davrlardayoq ishni boshlagandim: u erda ikki marta chorak final va bir marta yarim finalgacha etib bordik. «Sevilya»da esa Evropa ligasi klub va muxlislar uchun naqadar muhimligini anglab etdim. Aynan ular menga mana shu kurashuvchanlik ruhini singdirishdi va biz birgalikda uch bor turnirda zafar quchdik.

— «Vilyarreal» bilan Evropa ligasida g'olib chiqish qanday bo'lgan edi? 

— O'shanda «Manchester Yunayted»ga qarshi kechgan finaldagi g'alaba ajoyib voqelik edi, chunki o'sha paytda «Yunayted» o'z tarixidagi eng kuchli tarkiblardan biriga ega edi. Ammo men mag'lubiyatlardan ham ko'p narsa o'rgandim — masalan, «Arsenal» bilan «Chelsi»ga qarshi boy berilgan finalda. Bu hayajonlar va tajribalar menga nafaqat Evropa ligasida, balki Konferentsiyalar ligasi va Chempionlar ligasida ham o'sishimga yordam berdi.

— «Aston Villa» bilan Evropa ligasi finaliga chiqish qanday tuyg'ularni taqdim etmoqda?

— Bu bizning rivojlanishimizdagi navbatdagi qadamdir. Biz Konferentsiyalar ligasidan Chempionlar ligasigacha bo'lgan yo'lni bosib o'tdik, EChLda «PSJ»ga qarshi chorak finalgacha etib bordik, mana endi esa Evropa ligasi finalida o'ynayapmiz. Bularning barchasi bosib o'tilgan yo'limiz natijasidir. «Aston Villa» uchun bu juda ko'p narsani anglatadi: nufuz, klubning Evropa sahnasiga qaytishi, ushbu jamoa bundan bir necha o'n yillar oldin Evropa chempionlari kubogini yutganini eslatib qo'yish hamda yana yirik Evropa brendi sifatidagi maqomini mustahkamlash imkoniyatidir.

— «Unai metodi» ortida nima yotibdi?

— Muvaffaqiyat — bu qandaydir salmoqli ishni amalga oshirish va vaqt o'tishi bilan uni takrorlay olishdir. Mening holatimda hammasi futbolga bo'lgan ishtiyoqimdan boshlanadi — bu mening hayot tarzim. Men raqobatlashishni va g'alaba qozonishni xohlayman. Shu maqsad yo'lida bor vaqtimni ishimga, raqiblarni tahlil qilishga, o'z jamoamni o'rganishga va tinimsiz rivojlanishga bag'ishlayman. Haqiqiy metod aynan mana shundan iborat, — dedi Emeri.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ