logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Barselona" Reshford borasida o'ylanyapti

 17 MAY, 2026, 20:12

Hujumchi Markus Reshfordning «Barselona»dagi kelajagi hamon noaniq bo'lib qolmoqda. «Diario SPORT» nashrining ta'kidlashicha, klubdagilar Reshfordning o'yinidan mamnun, biroq rahbariyatda uni 30 million evroga sotib olish borasida shubhalar bor.

Aynan shu miqdordagi mablag' «Barselona» va «Manchester Yunayted» o'rtasidagi ijara shartnomasida sotib olish summasi sifatida ko'rsatilgan. Mish-mishlarga ko'ra, Reshford Kataloniya klubida qolish uchun maoshining 40 foizga kamayishiga rozilik bergan.

Joriy mavsumda 28 yoshli Reshford barcha turnirlarda 48 ta o'yinda ishtirok etdi. U o'z hisobiga 14 ta gol va 14 ta golli uzatmani yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'ldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ