logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:43
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kanchelskis JCh-2026 favoritlari haqidagi fikri bilan o'rtoqlashdi

 17 MAY, 2026, 19:24

Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Andrey Kanchelskis Shimoliy Amerikada bo'lib o'tadigan 2026 yilgi jahon chempionatidan kutilayotgan natijalar haqida gapirdi.

«JCh-2026 finaliga kim chiqishi yoki unda kim g'olib bo'lishini hozirdan aniq aytib bo'lmaydi, chunki chempionat g'ayrioddiy sharoitlarda o'tadi. Guruh bosqichidagi dastlabki ikki o'yindan so'ng kimlarnidir maqtash va asosiy favoritlarni aniqroq ko'rsatish mumkin bo'ladi. Ammo hozircha argentinaliklar, braziliyaliklar, frantsuzlar va boshqa grandlar, har doimgidek, jiddiy nomzod bo'lib ko'rinmoqda», — dedi Kanchelskis.

Eslatib o'tamiz, AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan 2026 yilgi jahon chempionatida 48 ta jamoa ishtirok etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ