logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:19
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Noyer «Kyoln»ga qarshi o'yinda olgan jarohati haqida gapirdi

 17 MAY, 2026, 18:18

«Bavariya» darvozaboni Manuel Noyer Bundesliga doirasidagi bahsda olgan jarohati jiddiy emasligini ma'lum qildi.

Bundan oldinroq Myunxen klubi matbuot xizmati 40 yoshli futbolchining chap oyoq boldir mushaklarida muammo yuzaga kelgani va u ma'lum muddatga safdan chiqqani haqida xabar bergan edi. Jamoa sardori Bundesliga doirasida shanba kuni «Kyoln»ga qarshi kechgan uy uchrashuvining (5:1) 60-daqiqasida zaxiraga olingandi.

«Chap oyog'imda nimanidir his qildim, u erda boldir mushagim bilan bog'liq muammo bor edi. Shu sababli ortiqcha tavakkal qilishni istamadim va maydonni tark etdim.

[Chemionlik bayramidagi an'anaviy] pivo yomg'iridan qo'rqqanim yo'q», — deya kulgan holda vaziyatga izoh bergan Noyer.

Eslatib o'tamiz, «Bavariya» joriy mavsumda ham Bundesliga chempionligini muddatidan oldin qo'lga kiritdi. Tajribali posbon Manuel Noyer esa yaqindagina klub bilan amaldagi shartnomasini 2027 yilga qadar uzaytirgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ