logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:03
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Manchester Yunayted" Angliya terma jamoasi sardorini o'z safiga qo'shib olmoqchi

 17 MAY, 2026, 16:48

"Bavariya" jamoasining dahshatli gollar mashinasi Xarri Keyn faoliyatini yana Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. O'z vaqtida "Tottenxem"da porlagan hujumchiga APLning boshqa bir grandi jiddiy xaridor bo'lib turibdi.

TEAMtalk nashri tarqatgan xabarlarga qaraganda, "Manchester Yunayted" rahbariyati ingliz forvardini shu yozda transfer qilish ustida qizg'in ish boshlab yuborgan. "Qizil iblislar" keyingi mavsumda APL chempionligi uchun haqiqiy da'vogarga aylanish niyatida va shu sababli jamoa hujum chizig'iga katta tajribaga ega bo'lgan, gol sezish qobiliyati yuqori hujumchini qo'shib olmoqchi. Keyn esa bu reja uchun ideal nomzoddir.

Eslatib o'tamiz, Xarri Keyn 2023 yilda "Tottenxem"dan 95 million evro evaziga Myunxen klubiga ko'chib o'tgan edi. Uning "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

Ingliz hujumchisi joriy mavsumda nemis grandi libosida barcha musobaqalarda 50 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga dahshatli 58 ta gol urishga erishdi va sheriklariga 7 ta golli uzatma etkazib berdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ