logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:40
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Slot "Liverpul"ning muvaffaqiyatsizligidan so'ng muxlislarga va'da berdi

 17 MAY, 2026, 16:36

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot joriy mavsumdagi muvaffaqiyatsiz natijalar fonida mersisaydlik muxlislarga murojaat yo'lladi.

"Matbuotda va ishqibozlar orasida keyingi mavsumda hammasi yaxshi tomonga o'zgarishiga ishonchsizlik borligini tushunib turibman. Ammo, nazarimda, ular transfer oynasi nimalarga qodirligini va u bizni qanchalik kuchaytirishi mumkinligini past baholashmoqda. Jamoada nimalarni yaxshilashimiz kerakligini juda yaxshi bilamiz", — deya Slotning so'zlarini keltirdi insayder Fabritsio Romano.

Eslatib o'tamiz, Angliya Premer-ligasining 37-turida "Liverpul" safarda "Aston Villa"ga 2:4 hisobida imkoniyatni boy berdi va hanuzgacha Chempionlar ligasi yo'llanmasini naqd qila olgani yo'q. Vaziyat jiddiy. Arne Slot shogirdlari so'nggi turda o'z maydonida "Brentford"ni qabul qiladi. Ushbu bahs 24 may kuni bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ