logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:55
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Manchester Siti» Dani Olmoga xaridor

 17 MAY, 2026, 16:18

«Barselona» yarim himoyachisi Dani Olmo faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Fichajes nashrining xabariga ko'ra, «Manchester Siti» ispaniyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olishdan manfaatdor. «Shaharliklar» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Olmoni shu yozda jamoani erkin agent sifatida tark etadigan Bernardu Silvaning o'rinbosari sifatida ko'rmoqda.

Dani Olmo 2024 yilda «RB Leyptsig»dan «Barselona»ga 61 million evro evaziga o'tgan edi. Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda yarim himoyachi «ko'k-anorranglilar» safinda barcha turnirlarda 47 ta o'yin o'tkazib, 8 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Olmoning transfer qiymatini 60 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ