Karlos Prates Maxachev - Garri to'qnashuvi g'olibi bilan jang qilib, UFC chempioni bo'lmoqchi
17 MAY, 2026, 15:48
UFC yarimo'rta vazn toifasidagi ikkinchi raqamli jangchi, braziliyalik Karlos Prates navbatdagi davogar bo'lish va yil oxirigacha chempionlikni qo'lga kiritishga umid qilayotganini aytdi."Menimcha, keyingi jangim kamar uchun bo'ladi. Menda uchta g'alaba, uchta nokaut va uchta bonus bor. Uch raqibimdan ikkitasi esa sobiq chempionlar edi. SHuning uchun, ha, keyingi jangim chempionlik uchun bo'ladi deb o'ylayman. Noyabr yoki dekabr oyida Islam Maxachev — Ien Garri jangi g'olibi bilan uchrashish ajoyib bo'lardi. Yilni chempion sifatida yakunlash juda zo'r bo'lardi.
Garri bilan revansh ulkan to'qnashuvga aylanadi. Ayniqsa, kamar o'rtaga qo'yilsa, aynan shu jangni eng ko'p xohlayapman. Ammo Islamni mag'lub etish ham ajoyib bo'lardi, chunki u vazn toifalaridan qati nazar UFC’ning eng yaxshi jangchilari reytingi etakchisi. Uni engish ham katta yutuq bo'lardi. Bundan tashqari, men bonus va chempionlik kamarini ham qo'lga kiritaman", — dedi Prates AgFight portaliga.
Manba: olamsport.com
