logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Liverpul» «Benfika» vingerini sotib olmoqchi

 17 MAY, 2026, 15:36

«Benfika»ning chap qanot vingeri Andreas Shelderup faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Jurnalist Pedro Almeydaning ma'lumotiga ko'ra, 21 yoshli norvegiyalik futbolchini sotib olishga «Liverpul» qiziqish bildirmoqda.

«Qizillar» yosh iqtidor egasining transferini shu yozda rasmiylashtirish niyatida. Andreas Shelderup 2023 yilda «Norshelland»dan «Benfika»ga 9 million evro evaziga o'tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan.

Joriy mavsumda vinger Portugaliya klubi safida barcha turnirlarda 43 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. «Transfermarkt» portali Shelderupning narxini 20 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ