"CHelsi"ning asosiy futbolchisi yozda jamoani tark etadi
17 MAY, 2026, 13:32
Katalon jurnalisti Jota Jordi "CHelsi" himoyachisi Mark Kukurelya bu yozda Ispaniyaga qaytishini malum qildi.Jordi malumotlariga ko'ra, dushanbadan boshlab "Barselona" o'yinchi atrofidagilar bilan muzokaralarni boshlaydi. Jurnalist Kukurelya Londonda 1000% qolishi mumkin emasligini va faoliyatini Ispaniyada davom ettirishini takidladi. Unga "Barselona" va "Atletiko" qiziqish bildirmoqda.
Kukurelya "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, u Ispaniyada "Eybar" va "Xetafe"da ham o'ynagan, "CHelsi"ga esa "Brayton"dan o'tgan.
Himoyachi joriy mavsum 48 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 1 ta gol va 4 ta assist bor. Futbolchining "CHelsi" bilan tuzgan shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt nashri ispaniyalikni 50 million evroga baholagan.
Manba: olamsport.com
