logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Skaloni: «Messi va Maradona birga o'ynaganda, faqat raqiblarda muammo bo'lardi»

 17 MAY, 2026, 12:54

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Lionel Messining kelajagi haqidagi savolga javob berdi.

«Men keyin nima bo'lishi haqida o'ylashni yoqtirmayman. Hozirgi lahzalardan zavqlanishni afzal ko'raman. Uning o'ynashda davom etishiga ishongim keladi, chunki aks holda bu juda qayg'uli bo'ladi, xuddi Diego [Maradona] bilan bo'lgani kabi».

Messi va Maradona birga o'ynay olishi mumkinmidi, degan savolga esa shunday javob berdi:

«Albatta. Tizimni futbolchilarning o'zlari yaratishadi. Qanday qilib dunyoning eng yaxshi ikki futbolchisi bir-birini tushuna olmasligi mumkin? Muammo faqat raqiblarda bo'lgan bo'lardi», — dedi Skaloni.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ