logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:19
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Simeone: «Ikkinchi Grizmann hech qachon bo'lmaydi»

 17 MAY, 2026, 12:36

Madridning «Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diego Simeone hujumchi Antuan Grizmannning o'rnini bosadigan futbolchi haqidagi savolga javob berdi. 35 yoshli frantsiyalik futbolchi allaqachon «Orlando Siti» klubi bilan shartnoma imzolab bo'lgan. Forvard mavsum yakunlanganidan keyin «matraschilar» bilan xayrlashadi.

«Bunday iqtidorga ega boshqa bir futbolchi hech qachon bo'lmasligi kundek ravshan. Grizmann va Koke jamoaning eng tajribali ikki o'yinchisi sifatida barchani o'z ortidan ergashtira olardi. Bu alohida mas'uliyat va rol bo'lib, uni tushuntirib berish qiyin. Endi biz xuddi shunday mas'uliyatni o'z zimmasiga ola biladigan boshqa bir insonni topishimiz kerak», — deya ispaniyalik OAV Simeonening so'zlarini keltirmoqda.

Bugun Antuan Grizmann «Atletiko»ning joriy mavsumdagi so'nggi uy uchrashuvida «Metropolitano» stadioni muxlislari bilan xayrlashadi. Madridliklarga ushbu bahsda «Jirona» jamoasi raqiblik qiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ