logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«U muvaffaqiyatning muhim bo'lagi»: Kerrik «MYu»ning transfer maqsadi haqida gapirdi

 17 MAY, 2026, 12:24

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik «Nottingem Forest» yarim himoyachisi Elliot Anderson haqida o'z fikrini bildirdi. 23 yoshli futbolchi «qizil iblislar»ning transfer nishonlaridan biri hisoblanadi.

«O'rmonchilar»ga qarshi kechadigan uchrashuv oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida mankunianliklar ustozi xavbek borasidagi savolga javob qaytardi.

«U juda yaxshi harakat qilmoqda. «Nottingem Forest» juda xavfli va iqtidorli jamoaga ega, Anderson esa unda muhim rol o'ynaydi, u ko'p narsaga qodir. Ular ajoyib mavsumni o'tkazishdi va Evropa Ligasi finaliga chiqishiga bir bahya qoldi. Ko'rinib turibdiki, ushbu futbolchi muvaffaqiyatning muhim bo'lagidir», — deya Kerrikning so'zlarini keltiradi UtdDistrict nashri.

Elliot Andersonning Transfermarkt portalidagi bahosi 60 million evroni tashkil etadi. Avvalroq, ingliz futbolchisi uchun kurashda «Manchester Siti» asosiy favorit sifatida tilga olinayotgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ