logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Alonso «Chelsi»ga tayinlanishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

 17 MAY, 2026, 12:12

Xabi Alonso «Chelsi»ga tez orada bosh murabbiy etib tayinlanishini yashirmayapti. Mutaxassisning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida «Xabi Alonso «Chelsi» boshqaruviga o'tishga yaqin» degan yozuv qoldirilgan va Marca nashrining bu haqdagi materialiga havola (link) joylashtirilgan yangi post paydo bo'ldi.

Avvalroq, boshqa manbalar London klubi ispaniyalik mutaxassis bilan shartnoma imzolanganini bugunning o'zidayoq e'lon qilishi haqida xabar bergan edi. Alonso o'tgan yilning iyun oyidan joriy yilning yanvar oyiga qadar Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi lavozimida faoliyat yuritgan va keyinchalik iste'foga chiqarilgan edi. Vataniga qaytishdan oldin esa u Leverkuzenning «Bayer» jamoasini boshqargan.

Xabi Alonso «Chelsi»dagi ishiga iyul oyi boshidan kirishadi, uning shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan bo'ladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ