logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Arsenal» yulduz hujumchini sotib olishni istamoqda

 17 MAY, 2026, 12:00

Madridning «Atletiko» klubiga tegishli bo'lgan argentinalik forvard Xulian Alvares Angliya Premer-ligasida paydo bo'lishi mumkin. Bu haqda Football Transfers jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaning bergan ma'lumotlariga ko'ra, Londonning «Arsenal» klubi hali ham hujumchini o'z safiga qo'shib olishni istamoqda. «To'pchilar» Alvaresdan chap qanot vingeri pozitsiyasida foydalanishni rejalashtirishmoqda.

Xulianning «matraschilar» bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2030 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Uning bozor qiymati 90 million evroga baholanmoqda. Ispaniya La Ligasining joriy mavsumida Alvares 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 8 ta gol va 4 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ