logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:20
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Bu takrorlanmas kun bo'ladi»: Subimendi EChL finali oldidan muxlislarga va'da berdi

 17 MAY, 2026, 11:54

Londonning «Arsenal» klubi yarim himoyachisi Martin Subimendi «PSJ»ga qarshi bo'lib o'tadigan EChL final uchrashuvi haqida o'z fikrlarini bildirdi. Ushbu to'qnashuv 30 may kuni Budapeshtda bo'lib o'tadi. «To'pchilar» o'z tarixlarida ilk bor eng nufuzli Evrokubokda g'olib chiqishlari mumkin.

«Biz bu o'yinni intiqlik bilan kutyapmiz. Ortda uzun mavsum qoldi va biz muvaffaqiyatga qanchalik yaqin turganimizni ko'rib turibmiz. Barchasini haqiqatan ham buyuk natija bilan yakunlashni juda istardik. Agar buni uddalay olsak, muxlislarimizga unutilmas xotiralarni taqdim etamiz. Umid qilamanki, bu takrorlanmas kun bo'ladi», — deya Subimendining so'zlarini keltiradi Daily Mail nashri.

Eslatib o'tamiz, yarim finalda Mikel Arteta shogirdlari Madridning «Atletiko» klubini umumiy 2:1 hisobida mag'lub etishgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ