logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Italyano Jonatan Rouning yulduz bo'lishi uchun asosiy shartni aytdi

 17 MAY, 2026, 11:54

Italiyaning «Bolonya» klubi ustozi Vinchentso Italyano jamoa hujumchisi — ingliz futbolchisi Jonatan Rouning salohiyatini yuqori baholadi. Uning fikricha, futbolchi juda kuchli o'yinchi bo'lib etishishi mumkin — biroq buning uchun bitta muhim shartga amal qilinishi lozim.

«Agar u mashg'ulotlar ham xuddi rasmiy o'yinlar kabi katta ahamiyat va shiddatga ega ekanligini tushunib etsa, haqiqiy chempionga aylanishi mumkin. Bu uning uchun oldinga tashlangan muhim qadam bo'ladi», — deya Italyanoning so'zlarini keltiradi derbyderbyderby.it portali.

Eslatib o'tamiz, ayni paytda «Bolonya» Italiya A Seriya turnir jadvalida sakkizinchi o'rinni egallab turibdi. Navbatdagi turda klub Bergamoning «Atalanta» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ