logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:46
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Ikardi «Galatasaroy»ni tark etishini rasman e'lon qildi

 17 MAY, 2026, 11:48

Argentinalik hujumchi Mauro Ikardi Turkiyaning «Galatasaroy» klubini tark etadi, bu haqda futbolchining o'zi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida e'lon qildi. Ikardining shartnoma muddati tugamoqda va u uzaytirilmagan edi — endilikda esa bundan keyin ham uzaytirilmasligi uzil-kesil oydinlashdi.

Natijada, futbolchi Istanbulda to'rt mavsum davomida o'tkazilgan 133 ta uchrashuvda kiritilgan 77 ta goldan iborat katta merosni qoldirib ketmoqda. U hatto 2023/2024 yilgi mavsumda 25 ta gol urib, Turkiya chempionatining eng yaxshi to'purariga aylangan edi.

Ikardi o'zining xayrlashuv so'zida «Galatasaroy»da o'tkazgan davrini «hayotidagi eng yaxshi damlardan biri» deb atadi. Eslatib o'tamiz, argentinalik forvard muqaddam Italiyaning «Inter» va Frantsiyaning «PSJ» kabi grand klublari sharafini himoya qilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ