logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:57
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Flik Bastoni transferini blokladi

 17 MAY, 2026, 11:36

Milanning «Inter» klubi markaziy himoyachisi Alessandro Bastoni Xans-Diter Flik sababli «Barselona»ga o'tmasligi mumkin. Transfer aynan germaniyalik murabbiy tufayli boshi berk ko'chaga kirib qoldi, chunki u italiyalik futbolchi o'zining taktik tizimiga u qadar mos kelmasligiga tobora ko'proq ishonch hosil qilmoqda, deya xabar beradi insayder Matteo Moretto.

Flik 27 yoshli o'yinchining ayrim texnik xususiyatlariga jiddiy shubha bilan qaramoqda. «Barsa» sport direktori Deku bir necha oy davomida ushbu transfer ustida ishlagan edi, biroq endi hamma narsa barbod bo'lishi mumkin. Bosh murabbiy klub rahbariyatidan bozorda boshqa variantlarni qidirib ko'rishni so'ramoqda. Bastoni transferidagi yana bir to'siq — uning yuqori narxi va «Inter»ning yon bosishni istamayotganidir.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ