logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Bavariya» bosh direktori Olisening kelajagi haqida gapirdi

 17 MAY, 2026, 11:18

«Bavariya» bosh direktori lavozimida faoliyat yuritayotgan Yan-Kristian Drizen Maykl Olisening klubdagi kelajagi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Frantsuz vingeri Myunxen jamoasi safida barcha turnirlarda 51 ta uchrashuvda maydonga tushib, 22 ta gol va 30 ta golli uzatma bilan dahshatli mavsumni o'tkazdi.

«Olise hali ko'p yillar davomida bizda o'ynaydi. Uning o'yinini shunchaki tomosha qilish — ulkan zavq bag'ishlaydi. U nafaqat maydonda, balki kiyinish xonasida ham juda muhim figuradir», — deya Drizenning so'zlarini keltiradi Bayern & Germany.

Maykl Olise 2024 yilning yozida «Kristal Pelas»dan ko'chib o'tib, «Bavariya» safini to'ldirgan edi. 24 yoshli futbolchining Bundesliga grandi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ