logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Luis Enrike «PSJ» darvozaboni Shevalening kelajagi haqidagi savolga mavhum javob qaytardi

 17 MAY, 2026, 10:54

«PSJ» ustozi Luis Enrikega frantsiyalik darvozabon Lyuka Shevalening jamoadagi kelajagi borasida savol berildi.

Matbuotda posbonning etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgani sababli klubni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

«Shevalening «PSJ»da kelajagi bormi? Har kuni bizni yangi sinov kutib turadi. Jamoadan muhimroq hech narsa yo'q. Individual holat hech qachon umumiy manfaatdan ustun bo'la olmaydi. Biz bor e'tiborimizni shunga qaratganmiz», — deya ispaniyalik mutaxassisning so'zlarini keltiradi Lequipe nashri.

Avvalroq, Londonning «Tottenxem» klubi Shevalega qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgan edi. 2025/2026 yilgi mavsumda frantsiyalik darvozabon 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z darvozasidan 28 ta gol o'tkazib yubordi. Quruq o'yinlar soni esa 10 tani tashkil etdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ