logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:37
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Keyn Mixael Ballakning «Bavariya»dagi 20 yillik rekordini yangiladi

 17 MAY, 2026, 10:48

«Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn Bundesliganing so'nggi turi doirasida «Kyoln»ga qarshi kechgan uchrashuvda (5:1) xet-trik qayd etdi. Uchrashuvning 69-daqiqasida ingliz futbolchisi uzoq masofadan raqib darvozasini ishg'ol qilib, bahsdagi o'zining uchinchi golini urdi.

Squawka nashrining xabar berishicha, bu Keynning yakuniga etgan Bundesliga mavsumida jarima maydonchasi tashqarisidan yo'llagan zarbasi orqali kiritgan oltinchi goli bo'ldi — bu ma'lumotlar yig'ila boshlagandan beri qayd etilgan yangi klub rekordidir. 32 yoshli forvard ushbu ko'rsatkich bo'yicha mashhur Mixael Ballakdan o'zib ketdi. Ballak 2005/06 yilgi mavsumda Germaniya chempionatida xuddi shunday usulda besh bor ajralib turgan edi.

Xarri Keyn 36 ta gol bilan Bundesliga-2025/26 mavsumining to'purarlar poygasida ishonchli tarzda g'alaba qozondi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ