logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Mourino «Real»ga o'tishi haqidagi savolga javob berdi: «Ertangi o'yinda g'alaba qozonishlarini istayman»

 17 MAY, 2026, 10:36

«Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourino Madridning «Real» klubi haqidagi berilishi muqarrar bo'lgan savolga javob qaytardi. Shanba kuni lissabonliklar Portugaliya chempionatining so'nggi turi doirasidagi uchrashuvda «Eshtoril» jamoasini mag'lub etishdi (3:1). Ushbu o'yin Madridda kutilayotgan «The Special One» boshqaruvi ostidagi jamoaning oxirgi uchrashuviga aylanishi mumkin.

«Real» haqida nima ham derdim? Men jamoaning ertangi o'yinda g'alaba qozonishini istayman. Bu men aytadigan yagona gap», — deya Mourinoning jurnalistlar bilan suhbatdagi so'zlarini keltiradi matbuot xizmati.

63 yoshli mutaxassis «qaymoqranglilar» tomonidan bo'layotgan qiziqish haqidagi ma'lumotni tasdiqladi, biroq unga yangi shartnoma taklif qilgan «Benfika»da qolishi ham to'liq ehtimoldan xoli emasligiga sha'ma qildi. Yakshanba kuni «Real» La Liganing 37-turi doirasida «Sevilya»ga qarshi maydonga tushadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ