«Liverpul»da omadi chopmagan Federiko Keza Italiyaga qaytmoqda
17 MAY, 2026, 10:24
«Liverpul» vingeri Federiko Keza katta ehtimol bilan bo'lajak yozgi transfer oynasida Italiyaga qaytadi. 28 yoshli futbolchi Arne Slot jamoasida etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lmayapti, shu sababli u vataniga qaytish niyatida.
Jurnalist Nikolo Skiraning bergan ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining transferiga A Seriyaning ikkita klubi qiziqish bildirmoqda, biroq ularning nomlari hozircha oshkor qilinmayapti. Bundan oldingi transfer oynalarida «Yuventus» va «Fiorentina»ning sobiq yulduzini Italiyaning deyarli barcha grand klublari bilan bog'lashgan edi.
Keza joriy mavsumda «Liverpul» safida 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 3 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi. Transfermarkt portali Federikoning transfer bahosini 15 million evroga baholamoqda.

